CHORAK

CHORAK — 1) O’rta Osiyodagi eski og’irlik o’lchov birligi. Chorak qo’llanilish joyiga qarab har xil qiymatlarga ega bo’lgan. Buxoro, Samarqand va Toshkentda 1 misqol 4,82 gramm bo’lsa, 14.=856 misqol=8564,8=4,1088 kilogrammga teng bo’lgan va u katta Chorak deb yuritilgan. Uning yarmi, ya’ni 428 misqol=4284,8=2,0544 kilogramm kichkina Chorak deb yuritilgan. Farg’onada, masalan, 1830 yilda 1ch.= 2 pud = 32,762 kilogramm bo’lsa, 1841 yilda 14. = 4,5 pud = =73,712 kilogramm, keyinroq 14.= 5 pud = =81,902 kilogramm bo’lgan. Bulardan tashqari, Chorakning 5 pudga yaqinroq qiymatlari ham bor, u 87,36 kilogrammgacha bo’lgan; 2) O’rta Osiyoda, shu jumladan, O’zbekistonda qadimgi uzunlik o’lchovi birligi; gaz yoki olchinning = q qismiga teng. Agar 1 gaz = = olchin = 525107 santimetr bo’lsa, u holda 1 Chorak = | olchin = h (52+107)=13+26,75 santimetr bo’ladi.