CHORAKOR

CHORAKOR (forscha — to’rtdan birga ishlovchi) — boylar yerini, olinadigan hosilning to’rtdan uch qismini yer egasiga berish sharti bilan ijaraga olib ekuvchi, kam yerli, ersiz yoki otulovsiz dehqon. Hech qanday vositasi yoki mablag’i bo’lmagan Chorakor olingan hosilning 1/4 qismini o’zlashtirgan, otulovli Chorakor esa hosilning 1/2 qismini olgan. Yer ijarasi turlaridan biri — chorakorlik. Bunda er egasi o’z yerini ijaraga berib, olinadigan hosildan ma’lum miqdorda ulush undirgan.