DEPONENT

Ma’nosi

DEPONENT (lot. depono – yig’aman) – korxona, tashkilot, muassasa yoki jismoniy shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha saqlayotgan mablag’i. Deponentlangan summa shaxslarning talabi bilan beriladi yoki boshqa bir korxona va tashkilotlarga o’tkaziladi. O’z vaqtida olinmagan oylik maoshlari, sudning ijro varaqalariga ko’ra ish haqidan ushlangan, ammo olinmagan summalar ham deponent hisoblanib, maxsus schyotlarda saqlanadi. Uch yil muddatgacha talab qilib olinmagan deponentlangan ish haqi summasi budjetga o’tkaziladi.

O‘xshash so‘zlar

D harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar