Dublon

Dublon (ispancha doblon-qo’shaloq)-4 eskudo (2 pistol, nomi shundan) qiymatga ega bo’lgan ispan tangasi. Tanga zarb qilinishi 1566 yili boshlanib, 1849 yilgacha davom etgan. Dublon nafaqat Yevropada, balki Ispaniyaning Yangi dunyodagi mulklarida ham mashhur bo’lgan. Dublon namunasida Fransiyada (pistol deb atalgan) luidor boshqa Yevropa mamlakatlari oltin tangalari zarb etilgan.