Dukat

Dukat (italyancha ducato)-qadimgi kumush va oltin tanga (ba’zan tsexin yoki florin deb ham atalgan). G’arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida muomalada bo’lgan. Dukat dastlab Venetsiyada (1140), keyinchalik ko’pgina G’arbiy Yevropa mamlakatlarida zarb etilgan. 1559-1857 yillarda Germaniya va Avstriyaning davlat puli hisoblangan. Og’irligi 3,44 gramm atrofida. Gollandiyada 1875 yilgacha, Avstriya-Vengriyada XX asr boshlarigacha muomalada bo’lgan.