Ekliptika

Ma’nosi

Ekliptika (yunoncha yeklipsis – tutilish) – osmon sferasining Quyoshning yillik ko`rinma harakati ro`y beradigan katta doirasi. Bu harakat Yerning Quyosh atrofidagi harakatini aks ettirganligidan, ekliptikani osmon sferasining Yer orbitasi tekisligi bilan kesishishi deyish mumkin. «Ekliptika» so`zining kelib chiqishiga sabab shuki, Oy orbitasi ekliptika bilan kesishgan nuqtalar yaqiniga Oy kelgan paytlardagina Quyosh bilan Oy tutiladi.

O‘xshash so‘zlar

E harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar