Geoantiklinal

Geoantiklinal (Geo…, anti … va antiklinal) — er po’stining geosin- klinal sistemasi doirasidagi alohida ko’tarilgan qismi. Uzunligi bir necha yuz km ga, kengligi o’nlarcha km ga etadi. G. ko’pincha bir qancha geologik davrlar davo- mida mavjud bo’lgan. Geosinklinalning rivojlanish davri oxirgi bosqichida burmalangan tog’liklarning yadrosiga ay- lanadi. G.ga Kuril orollari yoyi, Marka- ziy Qozog’iston, Ural va b. misol bo’ladi. G. geosinklinallardan uni tashkil etgan jinslar qalinligining kamligi va ba’- zi bir cho’kindi jins gorizontlarining yo’qligi b-n farqlanadi. G.da intensive burmalanishlar sodir bo’ladi. G.dagi tog’ jinslari kam o’zgaradi. Ayrim r-nning tektonik tuzilishi va erning Geolo- gik rivojlanishi tarixini o’rganishda G.ning ahamiyati katta.