GIPATIYA
GIPATIYA (Hypatia), Aleksandriyalik Ipatiya (370-415) — birinchi ayol olima matematik, astronom, faylasuf- neoplatonik. Aleksandriyalik matematik Teonning qizi. Afinada o’qib bitirgandan so’ng, Aleksandriya muzeyida astronomiya, matematika va falsafadan dars bergan. Platon, Aristotel, Apollon, Pergskiy va Diofantlarning ishlariga sharhlar yozgan. Biroq, bu sharxlar bizgacha yetib kelmagan. Gipatiya mutaassib xristianlar qurboni bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- GIPER…
- GIPERBARIK OKSIGENATSIYA
- Giperbazitlar
- Giperbilirubinemiya, bili rubinemiya
- Giperbola
- GIPERBOLIK FUNKTSIYALAR
- GIPERBOLIK LOGARIFM
- GIPERBOLIK SPIRAL










