Goa

Goa — Hindistondagi shtat. Hindiston ya. o.ning g’arbiy qismida joylashadi. Mayd. 3,7 ming km2. Aholisi 1344 mingdan ziyod kishi (2001), asosan, maratx va kannarlar. Ma’muriy markazi — Panaji sh. 16-a.gacha bu hudud turli hind davlat- lari (1312 y.dan Dehli sultonligi, 1370 y.dan Vijayanagar, 1449 y.dan Bahmaniylar davlati, Bijopur Sulton- ligi) tarkibida bo’lgan. 1510 y.da por- tugaliya bosib olib, o’zining Sharqdagi mustamlakalari (Ho’rmuzdan Aomingacha bo’lgan hudud) markaziga aylantirgan. G. aholisi mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qo’zg’olon ko’tardi. Bu harakatlar Hindiston mustaqillikka erishgach, yanada kuchaydi va 1961 y.da hind qo’shinlari hududni portugal- lardan ozod qildilar. 1962 y.dan Hindiston Respublikasi tarkibida. Relefi asosan tekislik, Sharqda Gat tog’lariga tutashib ketgan. Iqtisodiyotining asosini q.x. tash- kil etadi. Asosiy ekini — sholi. Shakarqamish, kokos ttalmasi, Mango, banan etishtiriladi. Temir, marganes rudalari, sohil bo’yidan tuz olinadi. O’rmonchilik rivojlangan. Baliq ov- lanadi va qayta ishlanadi. Yirik por- ti — Marmagan. Chetga temir rudasi chiqariladi. Turizm rivojlangan.