GULNOZ

GULNOZ — ertagi va o’rtagi bodring navi. O’zbekistan sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida O’zbekiston 740 va parad navlarini chatishtirib, keyinchalik tanlash yo’li bilan yaratilgan (A. Abbosov, 1991). O’simligi 4-5 palaqli, barglari beshqirrali- dumaloq, yashil, o’rtacha kertikli, silliq. Barg yaprog’ining uzunasi 15 santimetr, eni 13 santimetr. Tuganagi tsilindrsimon, uzunligi 2,5—3,0 santimetr, yuzasi silliq. Mevasi tsilindrsimon, yuzasi silliq. Rangi yashil, bir dona bodring og’irligi 112 grammga boradi. Mazasi yaxshi (4,4 ball). Nihollari unib chiqqandan so’ng 46— 48 kunda barralari yetiladi. Hosildorligi 35-40 ts/ga. 1994 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida rayonlashtirilgan.