Gumanizm

Gumanizm (lotincha humanus-insoniy)-Uyg’onish davri (XIII-XVI asrlar)da sxolastikaga va cherkovning ma’naviy hukmronligiga qarshi turgan dunyoviy hurfikrlilik. G’arbiy Yevropadagi bir necha mamlakatlarda Gumanizm ijtimoiy tafakkur sohasida, adabiyot, san’at va ilm-fanda katolitsizmga hamda shaxsning qulligiga qarshi qaratilgan ilg’or harakat edi. Gumanizm tarafdorlari o’z zamonasining taraqqiyparvar kuchlari bo’lgan. Ular inson huquqi va oliyjanob fazilatlar, ilm-ma’rifat va hurriyat uchun, kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib bordilar. Gumanizmning atoqli namoyandalari F.Petrarka, J.Bokkachcho, Leonardo da Vinchi, J.Bruno, T.Kampanella (Italiya), M.Monten, F.Rable (Fransiya), T.Mor, F.Bekon (Angliya), E.Rotterdamlik (Niderlandiya), N.Kopernik (Polsha) va boshqalar edi.