Hasanov O’rinboy Hasanovich

Hasanov O’rinboy Hasanovich (1928.27.11, O’sh) — biolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), biologiya fanlari Doktori (1971), professor (1983). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1954). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutida aspirant (1954-57), kichik (1958— 60) va katta ilmiy xodim (1960-65), laboratoriya mudiri (1965 — 93), 1993 yildan O’simliklar ekologiyasi laboratoriyada yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy tadqiqotlari Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ozuqabop yovvoyi bedalar va 10 dan ziyod boshqa yovvoyi o’simliklarni o’rganishga bagishlangan. Hasanov bedaning 22 yovvoyi, 11 kenja turi va 68 ekologik shakllarini aniqladi. As: dikorastushie lyusernn Sredney Azii, T., 1972; Biologiya i ekologiya rastsniy vvodimix v kulturu v adfnoy Zone (v soavtorstve), T., 1973; Effsktivnosti ispolzovaniya adfnnx Zemel (v soavtorstve), T., 1979; adaptasiya kormovmx rasteniy k usloviyam aridnoy zonn O’zbekistana (i soavtorstvs), T., 1983; madaniy usimliklarning kelib chiqishi. T., 1986.