Hidoyatov Abror

Hidoyatov Abror (1900.31.12 – Toshkent — 1958.3.10) — O’zbekiston xalq artisti (1937). Dastlab eski maktabda o’qigan. 1919 yildan Mannon Uyg’ur boshchilik qilgan «Turon» truppasida ishlagan. 1920-24 yillar ne’mat (G’.Zafariy, «Halima»), drama studiyasida o’qiydi. Studiyada yaratilgan Garpagon (J.Moler, «Xasis»), bob (Bill-be-loserkovskiy, «Aks sado»), Nasriddin (Cho’lpon, «yana uylanaman»), shahar hokimi (N.Gogol, «Revizor»), Kalaf (K.Gossi, «Malikai Turandot») Hidoyatov kamolotida muhim rol o’ynadi. 1927-35 yillarda milliy va tarjima asarlarda bir turkum obrazlar yaratdi: sarimsoq (K.Yashin, «Yondiramiz»), Rustam (U.Ismoilov, «Rustam»), Shopur (Xurshid, «Far-hod va Shirin»), Frondoso (Lope de Vega, «Qo’zibuloq qishlog’i») va boshqalar. Ijobiy qahramonlar obrazlarini yaratar ekan, asosan qahramonona romantik vositalarni ishga soldi. Salbiy rollarda ham e’tiborli ijodiy yutuqlarga erishdi: Kukumboy (D.Furmanov, S.Polivanov, «Isyon»), Oripov (Z.Said, N.Safarov, «Tarix tilga kirdi») va boshqalar. Hidoyatovning aktyorlik mahorati Hamlet (U.Shekspir, «Hamlet», 1935), G’ofur (Hamza, «boy ila xizmatchi», 1939) va Otello (U.Shekspir, «Otello», 1945) obrazlarida yorqin namoyon bo’ldi. Hidoyatovning o’zbek tarixiy dramalarida yaratgan Muqanna (H.Olimjon, «Muqanna»), Temur Malik (M. Shayxzoda, «Jaloliddin»), Navoiy (uyg’un, I.Sulton, «Alisher Navoiy») obrazlari ham yetukdir. Hidoyatov nomi O’zbek davlat drama teatriga (1991) hamda Toshkent ko’chalaridan biriga (1986) berilgan. Hidoyatov hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film ishlangan (rejissyor Bobo Xo’jayev, 1967). Vafotidan so’ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000). Ad. Deych A., Abrar Xidoyatov, M.-L., 1948; Avdeeva L., Abrar Xidoyatov, T., 1960; Qodirov M., Saqnamiz lochinlari, T., 1986; Rahmonon M., Hamza O’zbek Daalat akademik drama teatri tarixi, T» 2001. Muhsin Qodirov.