Hidoyatova Zamira

Hidoyatova Zamira (1909.5.1 – Toshkent — 1998.28.2) — O’zbekiston xalq artisti (1944). Moskva o’zbek drama studiyasida o’qigan (1924-27). 1927 yildan ishchi-sayyor turppasi, 1932 yildan Hamza nomidagi teatrda ishlagan. Obrazlari serqirraligi, yorqinligi, tuyg’ular va ichki kechinmalarning kuchli talqini, haqqoniyligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Yorqinoy (Cho’lpon, «Yorqinoy»), Ortiqova (Z.Fatxullin, «Niqob yirtildi»), Milfordxonim (F.Shiller, «makr va muhabbat»), Melanya (M.Gorkiy, «Egor Bulichyov va boshqalar»), Kabanixa (A.Ostrovskiy, «Momaqaldiroq»), Gulsum (Oybek, «Qutlug’qon»), Hamrobibi (A.Qahhor, «Shohi so’zana»), Hoji ona (Hamza, «boy ila xizmatchi»), Xadicha (uyg’un, «navbahor»), Xosiyat (K.Yashin, A.Umariy, «Hamza»), Risolat (I.Sulton, «Imon») kabi turfa rollari bilan o’zbek teatri san’ati rivojiga munosib hissa qo’shdi. Shuningdek, Hidoyatova televizion spektakllar («G’alati odamlar»da Zebi xola, «Tarixdan bir mezon»da A. Qodiriyning onasi, «Yodgor»da ona va boshqalar) hamda kinoda («Asal», «shohi so’zana», «o’n uch terak ko’chasi», «Koniyut g’orining siri», «boy ila xizmatchi», «paxta shumg’iyalari» va boshqalar) ham obrazlar yaratgan. Radiopostanovkalar, dublyajning eng faol ishtirokchilaridan bo’lgan. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1979). «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994).