Hikmatov Omon

Hikmatov Omon (1929, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), iqtisod fanlari Doktori (1970), professor (1971). O’rta Osiyoning qator tog’-geologiya, konchilik korxonalarida muhandis bo’lib ishlagan (1953— 61). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida ilmiy xodim (1959-61). O’rta Osiyo Davlat reja qo’mitasining bosh muhandisi (1963-66), O’zbekiston Davlat reja qo’mitasi (Gosplan) bo’lim boshlig’i (1966-68), shu qo’mita huzuridagi Iqtisodiyot ilmiy tadqiqot institutida bo’lim mudiri (1968-74), direktor (1974-75). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot institutida direktor (1975-2004). 2004 yildan shu institutda ilmiy maslahatchi. Ilmiy ishlari investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) va yangi texnika samaradorligini oshirish, shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boshqa masalalarga bag’ishlangan. Ad.: Materialn k biobibliografii Uchenix O’zbekistana. Aman Xikmatovich Xikmatov, T., 1989.