IBIKON

IBIKON — chiqish signalini kuchaytirib beradigan uzatuvchi televizion trubka. Yorug’lik ta’sirida Ibikon fotokatodi bilan nurlatiladigan elektronlar (fotoelektronlar) elektr maydon bilan tezlatiladi va nishon sirtiga uriladi; nishon fotokatod tomoniga karatib yupka alyuminiy qoplangan dielektrik parda (plyonka) dan iborat. Alyuminiy parda katta tezlikdagi elektronlarni yaxshi o’tkazadi. Elektronlar dielektrik pardadan o’tganda uning elektr o’tkazuvchanligi elektronlar soniga qarab ko’p (1000 va undan ortiq) marta kuchayadi. Bu hodisa uyg’otilgan o’tkazuvchanlik deyiladi. Qaramaqarshi tomonidan dielektrikning barcha pardasi elektron nur bilan zaryadlanadi; bunda nur televizion tasvirni potentsiallari bir xil bo’lgunga qadar yoyadi. Ibikon turli televizion apparatlarda qo’llaniladi.