Indikator o’simliklar

Indikator o’simliklar (lotincha indico — ko’rsataman, aniqlayman) — muayyan ekologik sharoit bilan bevosita bog’liq o’simliklar (yoki ular guruhi). Indikator o’simliklarning biror joyda o’sishiga qarab o’sha joyga tavsif berish mumkin. Indikator o’simliklardan tuproqning mexanik tarkibi va sho’rlanishini aniqlashda, cho’llarda chuchuk suvlarni va ayrim foydali qazilmalarni qidirib topishda foydalaniladi. Masalan, bug’doydoshlarning ayrim turlari (Festula ovina, Agrostis tennus va boshqalar) — tuproqda qo’rg’oshin borligi; gunafshadoshlar — rux; burchokdoshlarning ayrim turlari — selen; ko’pchilik g’allasimon o’simliklar va yo’sinlar — mis va kobalt; yantoq — yer osti chuchuk suvlari; okbosh, sho’rajriq va sho’radoshlar oilasining ko’pchilik turlari tuproq shurlanishining indikatorlari hisoblanadi.