INOG’OMOV XOTAM
INOG’OMOV XOTAM (1940.20.8, Toshkent tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1968). 1962 yildan Toshkent tumanidagi 9-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1983 yildan direktor. Inog’omov maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sinf xonalari va fan kabinetlarini jihozlash, texnika vositalaridan unumli foydalanishga katta e’tibor berdi. O’zi ona tili va adabiyotdan dars berib, zamonaviy adabiyot kabinetini tashkil etgan.
O‘xshash so‘zlar
- INOG’OMOV ZOKIR
- Inog’omov Rahim Oxunjonovich
- INOG’OMOV XAYRULLA MANSUROVICH
- INOKULYATSIYA
- Inolchiq, Inolchuq
- Inon Abdulqodir
- Inonchxon, o’g’ul Hojib
- Inonu (Jnonu) Ismat


