Ishemiya

Ishemiya (Yunoncha ischo — to’xtataman, haima — qon), mahalliy kamqonlik, mahalliy anemiya — orga-nizmning biror qismi, a’zo yoki to’qimaning qonga yolchimasligi. Ishemiyaning angiospastik (tomirlar spazmidan kelib chiqadigan), obturasion (arteriyaga tromb yoki embol tiqilishidan paydo bo’ladigan) va kompress ion (tomirning qisilib yoki bosilib qolishiga aloqador) turlari bor. Ishemiyada mikrodirkulyatsiya jarayoni buziladi. Mayda tomirlar puchayib qoladi, arteriyaning toraygan joyidan pastki qismida qon bosimi pasayadi va tomir devori tuzuk oziklana olmaydi, to’qima hajmi kichrayadi, temperaturasi pasayadi. To’qimaga kislorod etishmay, moddalar almashinuvi va funktsiya buziladi, og’riq sezgilari paydo bo’ladi. Ishemiya to’satdan ro’y berib, uzoq davom etadigan bo’lsa, to’qima nekrozi yoki infarkt kuzatilishi mumkin.