Ishoq, Ishoq turk
Ishoq, Ishoq turk (8-asr) — Movarounnahrda Abbosiylarga qarshi xalq qo’zg’oloni (755 yil) rahbari. Abu Muslimiing jo’shqin tarafdori. Garchi savodsiz bo’lsada, xalq orasida katta obro’ga ega edi. U Abu Muslimning elchisi sifatida turkiylar xokrni huzuriga borib kelganidan so’ng, «Ishoq turk» nomi bilan xalq orasida tanilgan. Ishoq qo’zg’oloni Sunbod harakati bilan bir vaqtda bo’lgan. U o’zini zardushtiylardan hisoblardi. U boshchilik qilgan harakat beshafqat bostirilgan, biroq uning tarafdorlari abbosiylarga karshi faol siyosiy kuch sifatida uzoq vaqt davom etib keldi.
O‘xshash so‘zlar
- Ishoq
- Ishoq// Ishoqjon
- Ishoq ibn Kundoj
- Ishoqova Malohat
- Ishoq Hasan o’g’li
- Ishoq ota maqbarasi
- Ishoq Shayx masjidi
- Ishoqov Yuna Izrailovich






