Ismoil Naychi

Ismoil Naychi (1847-Qo’qon-1904) — xalq sozandasi (nay). O’zbek, tojik, uyg’ur va boshqa qardosh xalqlar orasida Ismoil ustod, Ismoil kusa nomlari bilan mashhur bo’lgan. Ismoil Naychi qashshoq qayot kechirgan, uning bu faqirona hayoti Muqimiyning «Ko’samen» radifli she’rlarida o’z ifodasini topgan. Bayot, Chorgoh, Ushshoq, Suvora singari mumtoz kuylarni nayda o’ziga xos uslubda ijro etgan. Sozandalik mahoratini Sharqiy Turkiston, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda namoyish qilgan. Ismoil Naychining boy ijro uslubi xususiyatlari o’g’li — O’zbekiston xalq artista Abduqodir naychi va nevarasi — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ishokjon Qodirov ijrosida o’z aksini topgan.