Itsenko

Itsenko – kushing kasalligi [nevropatolog N. M. Itsenko (1889— 1954) va amerikalik neyroxirurg X. U. Kushing (1869-1939) nomidan] – gipofiza adrenokortikotrop gormon (AKTG) ning ko’p ishlanishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. AKTGning ko’p ishlab chiqarilishiga gipofiz mikroadenomasi sabab bo’lishi mumkin. Bunda buyrak usti bezlarining funktsiyasi kuchayadi, bemorni yog’bosadi, qon bosimi ko’tariladi, ayollarda girsutizm kuzatiladi, qandli diabet ro’y beradi, jinsiy bezlar funktsiyasi susayadi, teri quruq bo’ladi va hokazolar. Davosi: gipofiz sohasi rentgen yoki proton nuri bilan nurlantiriladi, qon bosimini tushiradigan, diabetga karshi, buyrak usti bezlari funktsiyasini tormozlaydigan preparatlar buyuriladi. Operatsiya qilib, buyrak usti bezlari yoki gipofiz qisman yoki butunlay olib tashlanadi, so’ng shu bezlar gormonlari beriladi.