JABRA ORQALI NAFAS OLUVCHILAR

JABRA ORQALI NAFAS OLUVCHILAR (Branchiata) — bo’g’imoyoqlilar kenja tipi; 1 sinf — qisqichbaqasimonlarni o’z ichiga oladi. Birlamchi suv hayvonlari, ayrim turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Odatda jabralar orqali nafas oladi. Jabra orqali nafas oluvchilar jabrasi oyoqlari epipodat o’simtasi yoki shaklan o’zgargan oyoqlar hisoblanadi. Juda mayda turlarida jabra bo’lmaganligi uchun tana yuzasi orqali nafas oladi. Qurukliqda yashashga moslashgan ayrim turlari (zahkashlar) da o’ziga xos traxeyalar bo’ladi. Jabra orqali nafas oluvchilarning boshida 2 juft mo’ylovlar — antennula va antennalar bo’ladi. Shuning uchun ularni ba’zan 2 juft mo’ylovlilar (Dian-tennata) deb ham ataladi.