JABROIL

JABROIL — Islomda to’rt bosh farishtadan biri (Mikoil, Isrofil, azroil bilan birga). Diniy aqidaga ko’ra, Alloh irodasini payg’ambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha payg’ambarlarga Xudo tarafidan keladigan vahiylar farishtalar ulug’i Jabroil (as) orqali keladi. Jabroil Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qur’on oyatlarini yetkazib bergan. Qur’oni karimda Jabroil «muqaddas ruh», «olijanob elchi» nomi bilan tilga olinadi. Jabroil xristianlikda Gavriil nomi bilan ma’lum.