Jon solig’i

Jon solig’i (ruscha podushnaya podat)-Rossiyada 1722 yili Pyotr I tomonidan armiya tomonidan uchun joriy etilgan soliq. Soliq to’lovchi barcha erkak fuqarolardan, yoshidan qat’i nazar, undirilgan. Pomeshchik, monastir va saroy dehqonlari uchun 74 kopeyka (tiyin), davlat dehqonlari uchun 1 rubl 14 kopeyka, posad ahli (savdogarlar, hunarmandlar) uchun 1 rubl 20 kopeyka etib belgilangan. Jon solig’ining kiritilishi soliqlardan tushadigan mablag’ni 4 barobar oshirish imkonini bergan. Jon solig’idan dvoryanlar va ruhoniylar ozod etilgandi. Bora-bora Jon solig’i odatdagi soliqqa aylandi. 1887 yili (Sibirda 1899 yili) bekor qilingan.