Jondor, siloxdor

Jondor, siloxdor (forscha)-saroy lavozimlaridan biri; 1) Movarounnahrda, xususan, qoraxoniylar va xorazmshohlar davrida yasovulboshi; saljuqiylar davrida Jondorlar qo’riqchilik va jallodlik vazifalarini ado etgan jangchilar bo’lib, ularning boshlig’i amiri Jondor unvoniga ega bo’lgan. Ular somoniylar davrida sohibi xaros (amiri xaros) deb atalgan. Xorazmshoh Takash hujjatlarida Jondor shurt (shaxsiy gvardiya)ning dongdor kishilaridan; so’nggi xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi vaqtida (1220-1231) Shom voliylaridan biri Jondor unvoniga ega bo’lgan.