Kappadokiya

Kappadokiya — kichik Osiyoning markazida (hozirgi Turkiya hududida) joylashgan qadimgi viloyat. Kappadokiyaning qadimgi aholisi o’zini «xattlar» deb atashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda Kappadokiya hududida Xett podsholigining asosiy qismi joylashgan. Miloddan avvalgi 3-asr o’rtasi — 1-asrlarda mustaqil podshohlik, milodiy 17-yildan Rim provintsiyasi. Keyinchalik Pont podsholigi bilan birgalikda Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirgan. 1074 yil Kappadokiyani Saljuqiylar zabt etganlar. 15-asrdan Usmonyai turk imperiyasi tarkibida. Kappadokiya o’zining katta yerlari va minglab qullariga ega ibodatxonalari bilan mashhur bo’lgan. 19-asrning 80-yillarida Kappadokiya hududidan Ossuriyadagi qulchilik taraqqiyoti to’g’risida muhim ma’lumotlar beruvchi qadimgi ossuriy mixxat hujjatlari («Kappadokiya jadvallari») topilgan.