Kapkayev Radik Abdullayevich

Kapkayev Radik Abdullayevich (1928. 9.11, Toshkent) — dermatovenerolog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), tibbiyot fanlari Doktori (1970), professor (1972). Toshti ni tugatgan (1953). Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri (1976-99). Ilmiy ishlari zaxmni ekmonovosillin bilan davolash chog’ida bemorlarning klinik-biokimyoviy va patomorfologik ko’rsatkichlari; ekzema va allergik dermatit klinikasi, immunologiya, elektron mikroskopiya va teri patogistologiyasiga oid. Kapkayev ekzema, psoriaz, vitiligo, layshmanioz, teri o’smalari, zaxm va boshqa teri-tanosil kasalliklari belgilarini chuqur o’rgandi va ularning diagnostikasi hamda davolash usullarini ishlab chiqdi.