Kapisa Pyotr Leonidovich

Kapisa Pyotr Leonidovich [1894. 27.6. (9.7), Kronshtadt — 1984] — rus fizigi, akademik (1936). O’ta kuchli magnit maydonlar, past temperaturalar fizikasi va texnikasi asoschilaridan biri. 1921 yil Buyuk Britaniyaga ilmiy xizmat safariga yuborilgan. U yerda E.Rezerford rahbarligida ishlagan (1921-24). Kavendish laboratoriya direktori o’rinbosari (1924— 32). Kembrijdagi monda laboratoriya direktori (1930-34). Kapisa 1934 yil Moskvada Fizika muammolari institutini (hozirda Kapisa nomidagi) tashkil qilib, 1935-46 yillar va 1955 yildan direktori. Kapisa o’ta kuchli magnit maydonini hosil qilish usulini yaratgan, spektr chiziqlarining kuchli maydon ta’sirida ajralishini, metallarning elektr qarshiligi kuchli magnit maydon ta’sirida chiziqli o’zgarishini aniqlagan. Kapisa o’z tajribalarida g=2,19 K dan past temperaturalarda suyuq geliyning qovushoqligi juda kamayib ketishi (geliy-P ning o’ta oquvchanligi) ni kashf etgan va uning fizik xususiyatlarini batafsil o’rgangan. Bunday holdagi geliy 2 xil komponent — o’ta oquvchan va normal hollarda bo’ladi. Nobel mukofoti laureati (1978).