KO’KSULTON

KO’KSULTON (Prunus nachicevanica S. Kadr.) — ra’noguldoshlarga mansub mevali daraxt, xalq selektsiyasi yo’li bilan yetishtirilgan ertapishar olxo’ri navlaridan biri. Ko’chati o’tqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, daraxti balandligi 5 metrcha, shox- shabbasi yumaloq-oval. Barglari mayda. Aprel boshlarida gullab, iyunda pishadi. Mevasi 22-26 gramm, eti sarg’ish, nordon- chuchuk; danagi etidan yaxshi ajralmaydi; 10 yillik daraxti 100 kilogrammgacha hosil beradi. Mevasi yaxshi saqlanmaydi. O’zbekistonning hamma hududlarida o’stiriladi.