KRESTOVIY DOVONI
KRESTOVIY DOVONI, gudauri Dovoni — katta Kavkazning Suvayirg’ich tizmasi orqali Terek Daryosi vodiysidan Aragvi daryosi vodiysiga o’tiladigan dovon. Balandligi 2379 metr. Krestoviy dovoni orqali Gruziya harbiy yo’li (Vladikavkaz — Tbilisi) o’tadi. Nomini, dovondan oshish nuqtasini belgilash uchun 1824 yilda o’rnatilgan tosh butdan olgan.
O‘xshash so‘zlar
- Krestovina
- Krestyanlar armiyasi
- KRETEN JAN
- Kretinizm
- Krevetkalar
- Kreyser
- Kreytsvald (Kreutzwald) Fridrix Reynxold
- Krez (Croesus)



