KRISA

KRISA — tarkibida oz miqdorda oltingugurt, f’osor, kremniy bo’lgan kam uglerodli g’alvirak temir; payvandlash materiali olishda ishlatiladi. G’ovaklarini shlak to’ldirib turadi. Qadimda temirchilik o’chog’ida cho’yandan ortiqcha uglerod va boshqa aralashmalarni oksidlab olingan. Ularni bolg’alab payvandlash temiriga aylantirilgan; uning plastikligi, payvandlanuvchanligi, zanglashga qarshiligi yuqori. Bulardan tashqari, Krisa bevosita rudadan 1250— 1350° da qaytarib (ortiqcha uglerod, kremniy, marganesni yo’qotib) olinadi.