Londondagi Ayo Petr jome’sini kim qurgan?

Lyudgeyt-Xill tepaligida joylashgan Ayo Petr jome’si Londonning ko’hna qismi ustida viqor bilan savlat to’kib turadi. Uning ulkan gumbazi tevarakdagi binolar ustida bir necha fut balandlikda yuksalgan. Britaniyada nasroniylik paydo bo’lishidan ancha ilgari bu yerda iloha Dianaga atab bunyod etilgan ibodatxona bo’lgan deb taxmin qilishadi. VII asrda kentda (hozirda Angliya janubi-sharqidagi graflik) hukmronlik qilgan qirol Etelbert ibodatxona o’rnida ulkan nasroniy kalisosi qurdirtirgan bo’lib, u ham har holda normandlar zabt etganidan so’ng 1066 yilda «eski Jome'» uchun maydon ochish maqsadida buzib tashlangan edi. «Ayo Petr eski jome’si» hozirgisidan katta va baland bo’lgan. U olti asr mobaynida qad rostlab turgan va 1666 yili Londondagi dahshatli yong’in paytida yonib ketgan. Bu, shubhasiz, fojeavor voqea ayni chog’da ser Kristofer Renga o’z me’moriy iste’dodini to’la-to’kis namoyon qilishdek chiroyli imkoniyat havola etadi. Baxtsiz hodisadan to’rt oy ilgari u eski binoni qaytadan qurish yuzasidan o’z mulohazalarini tavsiya etgan, biroq imorat butkul yonib ketganligi tufayli Renga yangisini qurish loyihasini ishlab chiqish taklif qilinadi. Biroq, shu narsani e’tiborga olish kerakki, oxir-oqibatda tasdiqlangan loyiha me’mor tasavvurida tug’ilganidan ancha-muncha farq qiladi. Ayo Petr jome’sining eng maftunkor qismi uning 35 yil davomida bunyod etilgan gumbazi sanaladi. U katta tashqi gumbaz va kichik ichki gumbazdan tarkib topgan. Ular o’rtasidagi g’isht inshootning kovak konusi ravoqlar ustidagi shishavor qoplama, shar va xochning og’irligini ko’tarib turibdi. Xoch jome’ sahnidan 111 metr balandlikda o’rnatilgan. Ichki gumbaz ravoqlari bo’ylamasi ichidan o’tiladigan «pichirlash galereyasi»da gumbazning qarama-qarshi tomonidan pichirlab aytilgan so’zlar hatto 30 metrdan oshiq masofadan aniq-tiniq eshitilib turadi. Xoch ostidagi ichi kovak sharning kengligi qutri-diametrida 2 metr bo’lib, bir vaqtning o’zida unga 10 nafar odam sig’ishi mumkin. Ayo Petr jome’sida Nelson Velington singari ko’plab taniqli zotlar va me’mor Renning ham turbati qo’yilgan.