Lutfulla Mutallib

Lutfulla Mutallib (1922.11.16 — 1945.9.18) — uyg’ur shoiri. Hozirgi zamon Shinjong uyg’ur adabiyotining asoschilaridan biri. Dastlab G’uljadagi boshlang’ich maktabda (1932-36), so’ngra Ilidagi rus gimnaziyasida, Urumchidagi o’lka o’qituvchilar tayyorlash institutida (1936-41) o’qigan. 1941 — 44 yillarda «Sin Szyan gaziti» va «Oqsuv gaziti»da ishlagan. She’rlari 1937 yildan «ili daryosi» gazetasida e’lon qilingan («biz Sin Szyan farzandlari» va boshqalar). «Muhabbat va nafrat» (1956) dostoni uyg’ur xalqining jamiyat illatlariga qarshi kurashiga bag’ishlangan. Lutfulla Mutallib hajviy hikoyalar, «dovonlar oshganda» nomli roman, «Samsoq akang qaynaydi», «Bo’rondan keyin oftob», «Chaman va Polvon», «kurash qizi», «Tohir va zuxra» kabi pyesalar yozgan. As: Yoshlik huddi chaqmoq, T., 1976; Yillarga javob, T., 1983.