Modarixon madrasasi

Modarixon madrasasi – bu- xorodagi me’moriy yodgorlik (1566— 67). Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan. Ikkalasi qo’sh madrasa majmuasini tashkil qiladi. M.m. AB- dullaxonning onasi sharafiga qurilgan (nomi ham shundan). Madrasa chorsi tarhli (67×45 m), 2 qavatli. Bosh tarzi- da ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli, oldi ravoqli 3 kiemga Ajratil- gan xonalar oldi handasiy uslubda ko- shinkori naqshlar b-n bezatilgan. Burcha- klarida sirkor g’ish-tlar b-n naqshlangan guldastalar joylashgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori panjara mavjud. M.m.ning boshqa tomonlari bezaksiz. O’rtasidagi to’g’ri to’rtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzida- gi mi-yonsaroy, darsxona va masjid, hovli to’rining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz b-n qoplangan. Bag’allari ganchdan to’rsimon shaklda ishlangan. M.m. devori qurilmasi 16-a. Buxoro me’morligiga xos bo’lib, ikki chekkasi pishiq g’ishtdan terilgan, o’rtasi siniq g’isht bo’laklari b-n to’ldirilgan. Madrasa binosi 1997— 98 y.larda ta’- mirlangan.