Modda

Modda — tinch holatda massaga ega bo’lgan zarralar majmui; umumiy tinchlik massasi nolga teng bo’lmagan elementar zarralar (asosan, elektron, proton va neytron). M. gaz, Su-yuklik, qattiq jism va plazma holida bo’ladi. M. — materiyanmt asosiy shakllaridan biri. Kvant mexanika, elektrodina- Mika va elementar zarralar fizikasi taraqqiyoti natijasida fizik reallik- ning M.dan boshqa shaklda — maydon shaklida bo’lishi ham aniqlandi. Kimyoda M.ni bir kimyoviy element atomlaridan iborat oddiy va kimyoviy birikmalardan tuzilgan murakkab M. larga bo’lish qabul qilingan.