Motoo’qchi qo’shinlar

Motoo’qchi qo’shinlar – quruqlikdagi qo’shinlar turi. Motoo’qchi birlashmalar, qismlar va bo’linmalardan tashkil topgan bo’lib, ularning tarkibiga motoo’qchi, artilleriya, tank va boshqa qism hamda bo’linmalari kiradi. Xorijiy armiyalarda piyoda, motopiyoda, mexanizatsiyalashgan qo’shinlar deb ataladi. O’zbekiston Qurolli kuchlari, asosan, Motoo’qchi qo’shinlardan iborat.