Moxach jangi

Moxach jangi (1526 yil 29 avgust)-Dunayning o’ng sohilidagi Moxach shahri (Vengriya) da, turk sultoni Sulaymon I va Vengriya qiroli Layosh II qo’shinlari bilan bo’lgan jang. Turk qo’shinining g’alabasi natijasida Vengriya qirolligi hududining ko’p qismi Usmonli turk imperiyasi qo’liga o’tgan.