Navo

Navo (Nova) — yarim yoy shaklidagi bezak turi; Shift bilan devor oralig’idagi qayrilma egik shaklli hoshiya bezak. Milliy me’morlikda binolarning ichki va tashqi qismini bezashda ishlatiladi. Zamonaviy binolarning tashqi qismida tom bilan devor oralig’ida bo’rtib chiqib (devorga oqib tushadigan suvni to’sib) turadi va binoga salobatli ko’rinish beradi. Navo bezagi ganch, yog’och, marmar va boshqalardan tayyorlanishi mumkin. Usta Shirin Murodovning ganchli ajoyib Navo namunalari Toshkent shahridagi ko’pgina binolar (Navoiy teatri, Toshkent kuranti va boshqalar) ni bezab turibdi. Xalq ustalaridan T. Arslonqulov, M. Usmonov, Sh. G’afurov, J. Hakimov, S. Norqo’ziev, O. Fayzullayev va boshqalar naqshli ganch, yog’och Navolarni keng qo’llagan.