Neon lampa

Neon lampa — elektr razryadining past bosimli neon gazida nurlanishiga asoslangan gaz-razryadli yorug’lik manbai. Neon lampa 2 elektrod (anod va qiedirilmaydigan, shisha ballonga kavsharlangan katod)dan iborat bo’lib, ballon ichiga neon (Ne) yoki neon gazining geliy yoki argon gazlari bilan aralashmasi to’ldiriladi. Bu turda Neon lampada gaz bosimi 25 -40 gPa ga yaqin bo’ladi. Odatda, argon gazi razryadi yondiruvchi kuchlanishni kamaytirish uchun kiritiladi. Ammo bu holda shu’laning yorqinligi ham pasayadi. Neon lampa yorug’ligi binafsha- qizil rangda ko’rinadi. Yorug’likning boshqa ranglarda (sariq, ko’k, yashil va boshqalar) bo’lishi uchun ballonning ichki devoriga lyumi-noforlar yopishtiriladi. Neon lampa o’zgaruvchan va o’zgarmas tokda ishlaydi. Faqat u tok kuchini 0,20—30 ma gacha tushirib chegaralab beradigan to’g’rilagich rezistorlar bilan ketma-ket ulanib elektr zanjiriga qo’shiladi. Neon lampada elektr razryad yonishi uchun kuchlanish 60-150 V, quvvati 0,01—3 Vt, shu’la yorqinligi 50-600 kj/m2 bo’lishi kerak. Neon lampalardan signalizatsiya va yoritish tizimlarida, nazorat-o’lchov apparatlarida, shuningdek, tasvirni ma’lum masofada turib qabul qiluvchi va uzatuvchi asboblar (televidenie) da keng foydalaniladi.