NEP

NEP (yangi iqtisodiy siyosat) — sovet davlatining kapitalizmdan sotsializmga o’tish davrida amalga oshirgan iqtisodiy siyosati, sotsializm yo’lidagi muhim bosqich. Fuqarolar urushi davridagi iqtisodiy siyosatdan farq qilib, yangi deb atalgan. Bu siyosatning asosini V.I.Lenin ishlab chiqdi. NEP kommunistik partiyaning 1921-yilda bo’lib o’tgan X s‘yezdida qabul qilingan. Bu siyosat iqtisodiyotning ko’p tarzli bo’lishini e‘tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga kirish yo’li ochildi. Mayda tijoratchilarning katta armiyasi paydo bo’ldi. Millionlab kosiblar mamlakat iste‘mol mollarining to’rtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi. Ya.i.s. xo’jalikni rivojlantirish muammosini yarim-yorti hal qilardi. Sovet hokimiyati barcha yirik sanoat, transport, banklar, tashqi savdo, yerni o’z qo’liga olib, xususiy sarmoyani chekladi va tartibga soldi, jamoaviy sektorni o‗stirish va mustahkamlashga zo’r berdi. Ammo bu jarayonlar uzoq davom etmadi. Sovet hukumati vaqtinchalik chora sifatida qo’llagan.