Nikolay I

Nikolay I (Nikolay Pavlovich Romanov) (1796.25.6, Tsarskoe Selo, hozirgi Pushkin shahri — 1855.18.2, Peterburg) — Rossiya imperatori (1825-55). Pavel I ning 3-o’g’li. Dekabristlar qo’zg’olonini bostirgan (1825). Nikolay I davrida markazlashgan davlat byurokratik apparati kuchaytirilgan, 3-bo’lim (inqilobiy harakatga qarshi kurashish uchun siyosiy politsiya) barpo etilgan; Rossiya imperiyasi qonunlar majmuasi tuzilgan, yangi tsenzura ustavlari joriy qilingan (1826, 1828). 1837 yil Rossiyada birinchi marta Tsarskoe Seloda temir yo’l harakati ochilgan. Nikolay 1 ichki siyosatining asosiy maqsadi — samoderjavie-krepostnoylik tuzumining mustahkamligini saqlash edi. 1830-31 yillardagi Polsha qo’zg’oloni; 1848-49 yillardagi Vengriya inqilobini qonga botirgan. Muqaddas ittifoqning tamoyillariga qaytishi Nikolay I tashqi siyosatining muhim tomoni bo’lgan. Nikolay 1. davrida Rossiya Kavkaz (1817-64), Rossiya—Eron (1826-28), Rossiya—Turkiya (1828-29), Qrim (1853- 56) urushlarini olib borgan. Xiva xonligini bosib olish maqsadida Perovskiy ekspeditsiyasini jo’natgan.