Nikolayev

Nikolayev — Ukrainadagi shahar, Nikolaev viloyati markazi (1937 yildan). Qora dengizning bug qo’ltiqchasi chap sohilida. Janubiy Bug va Ingul daryolarining qo’shilgan joyida. Dengiz va daryo porti. Temir yo’l tuguni. Aeroporta bor. Aholisi 508 ming kishi (1997). Nikolayev Ukrainaning Janubdagi muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Yetakchi sanoat tarmog’i — mashinasozlik (xususan, kemasozlik). Yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mebel sanoatlari rivojlangan. Glinozyom zavodi ishlab turibdi. 2 oliy o’quv yurti, 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, o’lkashunoslik, badiiy, kemasozlik va flot muzeylari mavjud. Nikolayev 1784 yilda istehkom sifatida vujudga kelgan. Shahar 2-jahon urushi yillarida vayron qilingan. 1946-50 yillarda to’la tiklandi. Nikolayevda klassisizm usulida qurilgan dengizchilar gimnaziyasi va kazarmalar (18-asr), Nikola cherkovi, ofitserlar majmui, rasadxona (19-asr) binolari saqlangan.