Nikomarov Naum Davidovich

Nikomarov Naum Davidovich (1904.6.1, Boku – 1974.27.11, Moskva) — O’zbekiston xalq artisti (1950). Boku teatr texnikumini (1920), Moskva Markaziy teatr san’ati texnikumini (1924), Diktsiya va deklamasiya institutini (1925) tugatgan. Turli yillarda Boku, Samara teatrlarida, 1946 yildan Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Kutuzov («Feldmarshal Kutuzov»), satin ( «tubanlikda»), Mister Dulitl, Genri Xiggins («Pigmalion»), Montanelli («so’na»), Uriel Akosta («Uriel Akosta»), Egor Bulichyov («Egor Bulichyov va boshqalar»), Famusov («Akllilik balosi») kabi rollari bilan tanildi. Sahnaviy joziba, jo’shqinlik, o’tkir ifodaviy vositalar topa bilish uning ijodiga xosdir.