Nitrosellyuloza, tsellyuloza nitrati

Nitrosellyuloza, tsellyuloza nitrati — tsellyuloza (kletchatka) va nitrat kislotalarning murakkab efirlari. Umumiy formulasi [S6N7O2(on)3 x(ONO2)Jn. Zichlashmagan, oq yoki sarg’ish tolasimon massa. Nitrosellyuloza eng to’ngich polimer material, uni ilk bor frantsuz kimyogari A. Brakonno 1882 yilda olgan. Zichligi 1,58—1,65 g/sm1, suvda erimaydi. Nitrosellyulozaning qanday maqsadda qo’llanishi tarkibidagi azot miqdoriga qarab belgilanadi. Amalda quyidagi turlari qo’llanadi (qavsda azot miqdori berilgan): kolloksilin (10,7—12,2%), prioksilin №2 (12,2— 12,5%) va piroksilin №1 (13,0— 13,5%). Kolloksilin tselluloid, plastmassa, fototasma, nitrolok, nitroelim va nitroemal ishlab chiqarishda, piroksilinlar tutunsiz porox, dinamit va boshqalar. Portlovchi moddalar tayyorlashda qo’llanadi.