Nomarx

Nomarx (yunoncha nomarches)-Qadimgi Misrda nom hukmdori. Nomning ma’muriy idoralari, sudlov tizimi va qo’shinni boshqargan, sug’orish tizimi, soliqlarni yig’ish ustidan nazorat qilgan. Fir’avnlarning joylardagi noibi hisoblangan.