Nomlar

Nomlar (yunoncha nomos-mamlakat, viloyat, okrug)-Qadimgi Misrdagi ma’muriy okruglarning Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda atalishi (misrcha “selat”). Ilk bor Gerodot tomonidan tilga olingan. Misr davlati yagona irrigatsiya tizimini barpo etish va ishlashi uchun zarur bo’lgan siyosiy birlashmalar-Nomlardan tashkil topgandi. Har bir Nomlarning aniq belgilangan chegarasi, siyosiy va diniy markazi, qo’shini, gerbi va homiy xudolari bo’lgan. Nomlarning ma’muriy apparati nomarxga bo’ysungan. Podshohlardan Snofru va Neuserra (IV va V sulolalar) ibodatxonalarida 97 ta qadimgi podsholik (miloddan avvalgi XXVIII-XXIII asrlar) Nomlarining ro’yxati keltirilgan.