Nov

Nov-suv chiqarish, ekinlarni sug’orish, yog’och oqizish, baliq o’tkazish kabi maqsadlar uchun ishlatiladigan ensiz, qiya sun’iy kanal, ariqcha. Ilgari charxpalakda chiqarilgan suv nov orqali ekinzorlarga yuborilgan. Yog’och oqizish novi, yog’ochlarni bittalab yoki ko’plab oqizish, gidroinshootdan o’tkazish uchun mo’ljallandi. Baliq o’tkazish novi to’siqsiz va qarshi oqimli bo’ladi.