OBJAZ
OBJAZ — Qurama tizmasining shimoliy-g’arbiy qismidagi dovon. 2216 metr balandlikda, Ohangaron daryosi chap irmog’i Objazsoyning boshlanish qismida joylashgan. Ohangaron va Farg’ona vodiylarini tutashtirib turadi. Dovondan apreldan oktabrgacha chorva mollarini haydab o’tishda foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Objazsoy
- Objuvoz
- Obkand
- Obligatsiya
- Obliterasiyalovchi endarteriit
- Obliteratsiya
- OBLOQUL «G’OLIB»
- Obloqulov Hazrat


