Olmaxon

Olmaxon (Gliridae) — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasining bir turi. Gavdasining uzunligi 40 santimetrgacha (dumi bilan). Janubiy Osiyo, Afrika va Yevropada tarqalgan. Asosan, o’rmonlarda yashaydi. Ko’zi va eshitish organi yaxshi rivojlangan. Tunda faol. Daraxt kovaklarida yoki o’t-o’lanlardan to’qilgan inlarda yashaydi. Meva, urug’, hasharot va boshqalar bilan oziqlanadi. Sichqonsimon Olmaxon, bog’ Olmaxoni, o’rmon Olmaxoni, yong’oqzor Olmaxoni va polchoq Olmaxon uchraydi. Ayrim Olmaxonlar terisidan kiyim tikiladi. O’rmon Olmaxonining mo’ynasi sarg’ish-kulrang. Qishda uyquga kiradi. Yilda 1 marta may oyida 3-6 ta bola tug’adi. Olmaxonlarning ayrimlari bog’dorchilik va tog’lardagi mevachilikka zarar keltiradi.